Sayohat – aslida tarixni oʻrganish, u bilan yuzlashish ham demakdir. Tarixiy maskanlarimizda boʻlgan mehmonlarning hayrati cheksiz. Xorijliklar shaharning qoʻli gul usta-hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlarga ham katta qiziqish bildirishdi. Chet ellik matematiklarga unutilmas va betakror onlarni tuhfa etgan, ularning vatanimiz, ayniqsa, Xorazm tarixi bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qilgan azim Xiva boʻylab sayohat barchaga birdek manzur boʻldi.
Bu kabi ilmiy-amaliy anjumanlar nafaqat ilm-fan taraqqiyotiga, shu bilan birga, mamlakatimiz turizm salohiyatining yanada rivojlanishiga ham munosib hissa qoʻshadi.