14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

Bugun erta tongdan Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida Vatan himoyachilarini madh etuvchi kuy- qo’shiq sadolari yangradi. Talaba yigitlar va professor-o’qituvchilar talaba-qizlarimiz, ayol pedagog-xodimlar tomonidan bayramona kutib olinib, chiroyli bayram tilaklari, ezgu niyatlar izhor qilindi. 

Yurtimiz posbonlari, Vatanimiz himoyachilari, jasur va mard o’g’lonlar bayramingiz muborak bo’lsin!