14-YANVAR – “VATAN HIMOYACHILARI KUNI”  MUNOSABATI BILAN URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORINING BAYRAM TABRIGI

14-YANVAR – “VATAN HIMOYACHILARI KUNI”  HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING 32 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

Vatan barchamiz uchun muqaddasdir. Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz. Vatan himoyasiga bel bog‘lagan har bir yigit-qiz hamisha elimiz ardog‘ida.
Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tun-u kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlar! Sizlarni 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”  hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Sizlarning yakdil, bir so‘zli, kuchli va ishonchli ekanligingizni hamisha qadrlaymiz. Barchangizga ona Vatan va xalqingiz oldidagi muqaddas burchingizni ado etishdek sharafli, mas’uliyatli ishlaringizda zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat, matonat tilab qolamiz.

Vatanimiz himoyasi sizlardek ishonchli, qat’iyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan hamisha  faxrlanamiz!

Qadrli Vatan himoyachilari! 
Jonajon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila-a’zolaringiz, yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-omon bo‘ling!
Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, professor.