“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Tuproqqal’a tumanida davom etmoqda

Ayni paytda Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev boshchiligida  professor-o’qituvchi va tyutorlardan tashkil topgan jamoa Tuproqqal’a tumani Muhabbat mahallasida joylashgan 2-sonli maktabda bo’lib o’tayotgan “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur ma'daniy-ma'rifiy tadbirda universitetimiz professor-o’qituvchilari O’zbekistonni rivojlantirish yо’lida amalga oshirilayotgan keng kо’lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlar to’g’risida ma’ruzalar qilishmoqda.

Aholining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy bilimlarini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda turli sport musobaqalari, universitet o’qituvchilari tomonidan davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchi-yoshlar universitet tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.