Joriy yilning 24-yanvar kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan yil davomida o'tkazilib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining final soni o'tkazildi. Tanlovda fakultetning 5 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
Birinchi shartda ishtirokchilar o‘zbek tilining mavqeyi va nufuzini oshirishda jadidlarning o'rni va ular ijodida til xususiyatlarining aks etishi borasida o'z fikrlarini bayon qilgan bo‘lsalar, ikkinchi shartda hakamlar hay'ati tomonidan berilgan erkin mavzular yuzasidan tuzilgan savollarga javob berib, o'zlarining notiqlik mahoratlarini namoyon qildilar.
Umumiy natijalarga ko'ra:
1-o'rin: 213-guruh talabasi Ibragimov Azizbek
2-o'rin: 203-guruh talabasi Rustamova Mohichehra
3-o'rin: 202-guruh talabasi Bekchanova Sharifa
An'anaga ko'ra, final soni g'olibi A.Ibragimov universitet rektorining noutbuki sohibi bo'ldi.
Tanlov davomida Amaliy filologiya ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq hamda go'zal raqslar tomoshabinlarda yuqori kayfiyatni uyg'otdi.
Tadbir yakunida fakultet dekani D.G'ayipov boshchiligida fakultet jamoasi g'olib talabalarni va tadbirda ishtirok etayotgan ularning ota-onalarini samimiy tabrikladilar hamda Diplom va esdalik sovg'alarini topshirdilar.