“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakultetining sirtqi ta'lim shakli 3-4 kurs talabalari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi  tomonidan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Unda Viloyat sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudyasi Z.Yakubov, Urganch tuman "Tandirchi MFY" raisi Q.Ro'zmetov, hokim yordamchisi O'.Sharipov, "Xojiboylar MFY" hokim yordamchisi X.Eshchonov, xotin-qizlar faoli S.Ashurova, imom xatibi Q.Rajabboyev, "Turkmanlar MFY" raisi A.Urazmetov, xotin-qizlar faoli Y.Saotovalarning ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlari olib borildi.