URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY KENGASHINING 6-MAJLISI BOʻLIB OʻTDI

Bugun, 29-yanvar kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 2024-yildagi birinchi majlisi oʻtkazildi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Yig’ilish avvalida an’anaga muvofiq rektor B.Abdullayev ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilar, jumladan: R.Razaqova, M.Jumaniyozova, O.Xo’janiyozova va J.Kushmonovlarga diplomlarni topshirdi. Shuningdek, 2023/2024 oʻquv yili uchun Urganch davlat universitetining 22 nafar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalar sohiblari hamda 9 nafar “Rektor stipendiyasi” sovrindorlariga sertifikatlar va ularning ilmiy rahbarlariga tashakkurnomalar samimiy tilaklar ila tantanali topshirildi. 

Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan oʻz ishini davom ettirdi.