UCH AVLOD UCHRASHUVI

Ko'p yillardan beri Urganch davlat universitetida an'anaviy tadbirlardan biriga aylangan tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan "Uch avlod uchrashuvi" bugun, 2-fevral sanasida ham o'zgacha ruhda tashkil etildi.

Ushbu tadbirdan maqsad yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash hamda yoshlarda shukronalik xissini shakllantirishdir. 

Uchrashuvda Xorazm viloyati Nuroniy jamg'armasi raisi Matkarim Jumaniyozov, Turon fanlar akademiyasi faxriy akademigi Rahimbergan hoji Sapayev, Respublika Nuroniy jamg'armasi raisi maslahatchisi Rahmatov Mirzo Ismoilovich, Jaloddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyining chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani katta o'qituvchisi Baxtiyor Miskinov, Xorazm viloyat musiqiy drama teatri rejissyori, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Odamboy Abdullayev hamda O'zbekiston xalq artisti Guloro Rahimovalar mehmonlik qilishdi.

Ularning har biri ko‘p yillik faoliyatlari davomidagi o‘ziga xos yutuqlari va sinovlari haqida gapirib berishdi. Ayniqsa, ularning hayotiy pand-nasihatlari talaba-yoshlar uchun yuksak ma‘naviy tarbiya bo‘ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.