Joriy yil 7-fevral kuni Urganch davlat universiteti Texnika fakultetining "Qurilish" kafedrasi tomonidan "Spaghetti bridge" tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlovdan ko'zlangan asosiy maqsad mustahkamligi kichik materialdan mustahkam konstruksiya yasashdan iborat.
Sohaning bo'lajak yosh mutaxassislari uchun qiziqarli o'tgan tanlovda "Bino va inshootlar qurilishi" , "Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish" , "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi" , "Arxitektura" ta'lim yo'nalishi talaba-yoshlari munosib ishtirok etishdi.
Mazkur tanlovda "Eng og'ir yuk ko'targan maket" , "Eng chiroyli dizaynli maket" , "Eng tezkorlik bilan yasalgan maket" nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Tanlovda g'olib bo'lgan guruh a'zolariga esdalik sovg'alari va kitob jamlanmasi taqdim etildi.
Ushbu tanlov bo'lajak injenerlar uchun chin ma'noda mahorat maktabi bo'la olganligi bilan ahamiyatlidir.