Bugun, 10-fevral kuni Urganch davlat universitetida keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar uchun Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining yotoqxona bilan ta’minlanishi yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumanidan soʻng, ishtitokchilar uchun press-tur ham tashkil etildi.
Press-tur davomida Xorazm teleradiokompaniyasining muhbirlari, UzA Milliy axborot agentligi muhbirlari va blogerlar Urganch davlat universitetining 5-son talabalar turar joyiga borib, sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bugungi kunda universitetda 3 500 sig‘imga ega 7 ta talabalar turar joyi mavjud. Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida hozirda Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan hududida 7 qavatdan iborat, 600 oʻrinli yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari olib borilmoqda.