Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari orasida koreys tilini o’rganishga qiziqishning ortishi bois universitetimizda 2023-2024 o'quv yilidan boshlab Janubiy Koreyaning Soon Chun Hyang universiteti bilan hamkorlikda “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” bakalavr yo’nalishi tashkil etildi. Bugungi kunda universitetimizda koreys tili va madaniyatiga qiziqishi baland yoshlar ushbu yo’nalishda tahsil olmoqda.
Urganch davlat universiteti va Janubiy Koreyaning Soon Chun Hyang universiteti o'rtasida YOSHLAR FORUMI (Students' Forum) bo'lib o'tgan edi. Ushbu forum doirasida Xorijiy filologiya fakultetining talabalari faol ishtirok etishdi. Shundan so’ng, hamkor universitet tomonidan talabalarimizga sertifikatlar jo’natildi. 1-mart kuni fakultet dekani Z.Jumaniyozov va bir guruh o’qituvchilar talabalarga sertifikatlarini tantanali topshirdilar.