Urganch davlat universitetida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida xorijlik professorlar tomonidan universitet talabalariga o’quv mashg'ulotlari tashkil etilib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 3-fevral kunidan universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida Malayziyaning xalqaro Islom universiteti professori, Dr.Samshul Amry bin Abdul Latif Turizm yo‘nalishidagi bakalavriat talabalariga ma’ruzalar o‘qish bilan birga ilmiy-xodimlar uchun seminarlar o’tib kelmoqda.
Ma’lumot o’rnida, professor, Dr.Samshul Amry bin Abdul Latif universitetda shu yilning 30-martigacha faoliyat olib boradi.