14-mart kuni Urganch davlat universitetining chet elda malaka oshirib qaytgan oʻqituvchilari Xorijiy filologiya fakulteti “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o'qituvchisi X.Matmurodov va Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi o'qituvchisi S.Allayorovlar Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida boʻlib, litsey oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazishdi.
Xorijda olgan bilim va tajribalarini oʻrtoqlashib, xalqaro va Respublika fondlari, "El-yurt umidi" jamg'armasining imkoniyatlari bo'yicha ma'lumotlar berishdi. Bugungi kunda UrDUning xalqaro hamkorlik yutuqlari, talaba va professor-o'qituvchilar mobilligi haqida to'xtaldilar.
Ma'lumot o'rnida, X.Matmurodov Italiyaning Padova universiteti va Sloveniyaning Primorska universitetlarida malaka oshirgan. S.Allayorov esa 2021-2023-yillarda Vengriyaning Szeged universitetining magistratura dasturida tahsil olgan.