Bugun O’zbek filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish: rus ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan “Maslenitsa” bayrami keng nishonlandi.
Kunning ikkinchi yarmida universitet Madaniyat saroyida “Maslenitsa” bayramiga bag‘ishlangan turkum tadbirlarning badiiy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda 1-, 2- va 3-bosqich talabalari stol bezash, viktorinalar va boshqa qiziqarli shartlar bo‘yicha oʻzaro bellashdilar. Umumjamoa hisobida 221-guruh talabalari 1-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida “Rus tili va adabiyoti” kafedrasining tajribali professor-o‘qituvchilaridan S.R.Djumaniyazova, Z.N.Ruzmetova, G.Sh.Artikovalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bu kabi madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazib turish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashdi.