Bugun, 18-mart kuni Urganch davlat universiteti 5-oʻquv binosi oldida Navro’z ayyomi munosabati bilan Oʻzbekiston xalq artistlari aka-uka Gʻofur va Gʻulom Eshjonovlar hamda ular rahbarligidagi Xorazm Maqom ansambli jamoasi ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Konsertda rektor Baxrom Abdullayev boshchiligida universitetning rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar hamda xorijlik mehmonlar ishtirok etib, madaniy konsert dasturidan bahramand boʻldilar.
Konsert ko’tarinki ruhda tashkil etilib, taniqli xofizlar aka-uka Gʻofur va Gʻulom Eshjonov hamda Maqom ansambli jamoasi tarkibidagi viloyatimizning bir guruh xonandalari oʻzlarining milliy qoʻshiqlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.