Urganch davlat universitetida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Bahor mavsumida 3000 tup daraxt oʻtkazish reja qilingan boʻlib, jarayonlar qizgʻin olib borilmoqda.
27-mart kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev loyiha doirasida universitet atrofidagi yer maydonlariga manzarali daraxtlarni ekish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Ishchi-xodimlar, oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻlib, zarur tavsiyalar berdi.
Ushbu ekilayotgan navlar va parvarishlanayotgan daraxtlar nafaqat universitet hududiga ko’rk qo’shadi, balki atrof-muhit havosini tozalab berish uchun ham xizmat qiladi.