Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibodullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, fakultet dekani S.Koʻpalov hamda fakultetning 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda o‘quv, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarning tashkil etilishi, talabalarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun tashkil etilgan toʻgaraklar, universitetning ichki tartibi, “Odob-axloq” qoidalari haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, bugungi kunda dunyoda boʻlayotgan turli tahlikali holatlar haqida alohida toʻxtalib, talabalarni ogohlikka chorladi hamda yoshlarni tinch va osoyishta yurtimizda ularga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, vatanparvar, yurtga sadoqatli, salohiyati va bilimi yuksak shaxs boʻlishga chaqirdi.
Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan uchrashuvlari davom etadi.