Tanlovning ushbu bosqichida Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari jamoalari orasida Urganch davlat universitetining "Xorazmiylar" jamoasi ham faol ishtirok etdi. 3 ta shart asosida o'tkazilgan tanlov hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra universitetimiz jamoasi mintaqaviy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoamizni universitet ma'muriyati nomidan samimiy tabriklaymiz hamda mintaqaviy bosqichda ham ulkan zafarlar tilaymiz!