Tyutorlar malakasini oshirishga qaratilgan o’quvlar  bo’lib o’tmoqda

Urganch davlat universiteti tyutorlarning malakasini oshirish uchun tashkil qilingan bugungi o’quv kursida universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev tyutorlarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy, madaniy savodxonligini oshirish, lavozim yo‘riqnomasi asosida talabalar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini yanada rivojlantirish borasida ma’ruza qildi. Shuningdek, o'quvlar dasturiga muvofiq, tyutorlar foliyatiga doir mavzularda universitetning malakali o'qituvchilari tomonidan ma'ruzalar qilindi.

O'quv kurslari davomida universitetning barcha tyutorlari ishtirok etmoqda.

Jarayonlar davom etadi.