“Eko-zakovat” musobaqasi tashkil etildi

15-aprel – “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” hamda 22-aprel – “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti “Ekologiya va HFX” kafedrasi tomonidan talabalarni ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan turli tadbirlarni tashkil etmoqda.

Jumladan, bugun universitet talabalar turar joyining oʼquv zalida oliygohimizning ekolog mutaxassislari hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid savollar yuzasidan Ekologiya yo‘nalishi talabalari oʻrtasida “Eko-zakovat” intellektual oʼyini tashkil etildi.