Bugun Urganch davlat universitetiga tashrif chog’ida akademik Xolboy Ibraimov universitet rektori Baxrom Abdullayev hamrohligida universitet talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Dastlab, UrDU rektori B.Abdullayev Urganch davlat universitetida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida erishilgan natijalar to'g'risida kirish so'z bilan uchrashuvni boshlab berdi.
Uchrashuv davomida akademik X.Ibraimov “Sharq allomalari, al-Xorazmiy hamda Abu Ali ibn Sinolarning pedagogik qarashlari” mavzusida ma’ruza qildi. U o’z ma’ruzasida bugungi kunda o’qituvchi-pedagoglarning kasbi murakkablashib borayotganligini bildirib, bunga mos ravishda har bir bo’lajak pedagog chet tillarini bilishi, texnologiya va zamonaviy pedagogik metodlardan to’g’ri foydalana olishi lozimligini uqtirdi. O’zining boy va sermazmun ilmiy faoliyati va pedagoglik tajribasi bilan bo’lishdi.
Shuningdek, yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar haqida so’zlab, Vatanimiz yoshlarini ilm egallash va komil inson etib tarbiyalashda o’qituvchi-pedagoglarning o’rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.