24-aprel kuni Urganch davlat universitetiga tashrif chog'ida Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimov universitet O'quv ishlari bo'yicha prorektor Sardor Xodjaniyozov bilan hamrohlikda Urganch davlat universitetining o'quv-metodik hamkori Jaloladdin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurdi.
Tashrif asnosida litsey o'qituvchi va o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, akademik X.Ibraimov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yurtimiz yoshlarining oliy ta'lim sohasida erishayotgan yutuqlarini e'tirof qildi va o'quvchi yoshlarga o'z tavsiyalarini berdi.
Uchrashuv davomida akademik X.Ibraimov o'zining uzoq yillik pedagogik mahorati va boy tajribasi bilan bo'lishdi. Bir so'z bilan aytganda, uchrashuv litsey o'qituvchilari uchun katta mahorat darsi bo'ldi.
Shuningdek, harbiy akademik litseyning faoliyati, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy texnik bazasi hamda universitet tomonidan tashkil etilgan "Zakovat" xonasi bilan yaqindan tanishdi.