Bugun Respublikamiz bo'ylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari bo'lib o'tdi.
Shu jumladan, viloyatimiz markazi Urganch shahrida ham yuqori saviyada tashkil etilgan marafon viloyatimizning minglab yoshlarini “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shoiri ostida birlashish maqsadida jam qildi.
Ushbu ommaviy yugurish marafonida Urganch davlat universitetining ham barcha fakultetlaridan yuzlab talabalari universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilari hamda tyutorlari boshchiligida faol ishtirok etishdi.
"Yangi nafas" marafonida erkaklar oʻrtasidagi musobaqalarda Urganch davlat universiteti Sport va san'at fakulteti talabalari Jumanyozov Norbek faxrli 2-o'rinni, Xujanyozov Yodgorbek esa 3-o'rinni qo'lga kiritib, viloyat hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.