Universitet olimlarining ishlanmalari moliyalashtiriladi

Bugun, 2-may kuni Xorazm viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari U.Jumagaldiyev hamda shu boshqarmaning Kimyo va energetika shoʻbasi boshlig‘i B.Abdullayevlar Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar fakultetida bo′ldi.

Urganch davlat universiteti olimlari tomonidan yaratilgan, keng ishlab chiqarishga tayyor texnologiyalar bilan yaqindan tanishish va shu texnologiyalar asosida viloyatimizda  yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda moliyalashtirish maqsadida chet ellik investorlarni jalb qilish maqsadidagi ushbu tashrif asnosida mehmonlar universitetning O′quv ishlari bo′yicha prorektori S.Xodjaniyozov hamda professor M.Jumaniyozovlar hamrohligida fakultet olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. 

Loyihalar ichidan 25 ga yaqin ishlanmalar tanlab olinib, moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqilishi aytib o‘tildi. Shuningdek, ushbu texnologiyalar bilan viloyatning barcha tumanlaridagi tadbirkorlarni keng doirada tanishtirish masalalari kelishib olindi.