Bugun Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari oʻrtasida Matematika fani bo‘yicha xotira turniri oʻtkazildi. Ushbu turnir uzoq yillar davomida UrDUda samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazildi.
Unda viloyatning barcha maktablaridan matematika faniga qiziqishi baland, iqtidorli oʻquvchilar qatnashib, kunning birinchi yarmida olimpiada masalalarini yechdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa universitet gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi va olimpiada gʻoliblari eʼlon qilindi.
Qayd etish joizki, olimpiada natijalari A-guruh(5-6 sinflar), B-guruh(7-8 sinflar), C-guruh(9-10 sinflar) hamda D-guruh(UrDU talabalari) boʻyicha baholandi.
Barcha gʻoliblarga universitet rektorining Diplomlari hamda esdalik sovgʻalari, shuningdek, ushbu olimpiada ishtirokchilarining oʻqituvchilariga Tashakkurnomalar topshirildi.