Bugun Urgаnch dаvlаt universitetida Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan “Xаvfsiz oziq-ovqаt mаhsulotlаri ishlаb chiqаrishdа innovаtsion texnologiyalаr” mavzusida Respublikа ilmiy-texnik аnjumаni o’tkazilmoqda.
Anjumaning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ishtirok etib ochib berdi va konferesiya faoliyatiga omad tiladi.
Anjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi akademigi, Oʼzbekiston Respublikasi Fan arbobi, Xalqaro oliy taʼlim akademiyasi akademigi Belorusiya Milliy fanlar akademiyasi akademigi S.Negmetov hamda Respublikamizning boshqa nufuzli universitetlaridan professorlar, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, anjumanda o’simlik xomashyosidan bo‘yoq ajratib olishda ekstraksiya jarayonining optimal sharaitlarini o‘rganish hamda non va non mahsulotlari ishlab chiqarishda bug‘doy va javdar unidan foydalanish singari mavzular yuzasidan ma’ruzalar bo’lib o’tmoqda.
Kunning ikkinchi yarimida konferensiya ishtirokchilari o’z ma’ruzalarini Kimyoviy texnologiyalar fakultetida sho’ba yig’ilishlarida davom ettiradi.