Joriy yilning 11-may kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.
Tanlov ishtirokchilar orasidagi savol-javob, bahs-munozaralar va talabalar tomonidan o’qilgan A.Navoiy lirikasidan namunalar orqali 3 shart asosida boʻlib oʻtdi.
Badiiy qism Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 223-guruh talabalarining chiqishlari, Navoiy asarlari asosida tayyorlangan videorolik hamda kuy-qoʻshiq va go'zal raqslar bilan yanada jonli tus oldi.
Tadbir yakunida fakultet dekani D.G'ayipov g'olib talabalarni samimiy tabriklab, Diplom va esdalik sovg'alarini topshirdi.