Bugun Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida viloyatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida 4 kun mobaynida o‘tkazilgan “Talabalar festivali – 2024” doirasidagi barcha ko′rik-tanlovlar va musobaqalar g′oliblarining taqdirlash marosimi bo′lib o′tdi. 

Festivalning yakuniy tadbirida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarni munosib taqdirladi.

Mazkur festivalda Urganch davlat universitetining har jabhada faol, shijoati baland, iqtidorli talabalari ham ko'plab tanlov va musobaqalarda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Jumladan:

Futbol bo'yicha musobaqalarida 1-o'rin;

“Shunqorlar” harbiy vatanparvarlik musobaqalarida 1-o'rin;

Voleybol sport musobaqasida 1-o'rin;

“Munozara” intellektual o'yinida 1-o′rin;

"Oshpazlar" tanlovida jamoaviy hisobda 1-o′rin;

Ping-pong sport turi boʻyicha talabalarimiz erkaklar o'rtasida Dilshod Rajabov, ayollar o'rtasida esa Hilola Jumaniyozovalar 1-o'rinni qayd etishdi. 

Ayollar o‘rtasida o'tkazilgan shaxmat sport musobaqalarida Guli Sharifboyeva 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

“Mushoira" tanlovida Zahroxon Ro'zmetova 1-o'ringa sazovor bo'ldi.

"Talabalar ovozi" ko'rik-tanlovida Shamsiddin Halillayev 2-o'ringa ega bo′ldi. 

“Zakovat” intellektual o'yinlarida 3-o'rin;

 “Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovida 3-o'rin;

Armrestling musobaqasida Shixnazar Iskandarov va Street workout sport turi bo'yicha Tolibjon Mavlonberdiyevlar 3-o'rinni egallashdi.

Talabalarimizning ushbu yutuq va marralari butun jamoamizga faxr va iftixor bag'ishlamoqda. 

Urganch davlat universiteti ma′muriyati ushbu festivalda faol ishtirok etib, g′oliblikni qo′lga kiritgan barcha talabalarimiz va ularning ustozlariga chuqur minnatdorchilik bildiradi va butun universitet jamoasini navbatdagi yutuqlar bilan samimiy qutlaydi.