Butun Respublika bo’ylab 20-24-may kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining pedagoglari uchun attestatsiya test sinovlari ayni paytda Urganch davlat universitetida ham o’tkazilmoqda.
Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilmoqda:
1-smena — 10:00 dan 12:00 ga qadar;
2-smena — 14:00 dan 16:00 ga qadar.
Test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlar va test sinovlari vaqti haqidagi maʼlumotlarni pedagog.edu.uz saytidan ham bilib olish mumkin.
Ushbu jarayondan fotolavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz.