UrDU: Ilg’or muhandislik maktablarini tashkil etishga ilk qadam

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning yosh muhandislarni tayyorlash uchun universitetlar qoshida Ilgʻor muhandislik maktablarni tashkil etish borasida belgilab bergan vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch davlat universitetida tizimli ishlar boshlab yuborildi.

Bugun, universitetning Texnika fakultetida muhandislik sohasiga qiziqishi baland o’quvchi-yoshlarni saralab olish hamda ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida "Yosh texnik ijodkorlar" yosh ratsionalizatorlar va ixtirochilar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablari va texnikum oʻquvchilari oʻz ixtirolari bilan ishtirok etdi. 

Tanlovning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ishtirok etib, universitet qoshida Ilgʻor muhandislik maktablarni tashkil etish va unga texnika sohasiga qiziquvchan yosh muhandislarni jalb etib, chuqur oʻqitish va buning kelajakdagi istiqboli borasida nutq soʻzladi.

Koʻrgazmaga qoʻyilgan o’quvchilarning ixtirolari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi va eng munosiblari saralab olindi. Tanlov yakunida nominatsiyalar boʻyicha goliblar eʼlon qildi. Unga koʻra:

"Radiokonstruksiyalash, elektronika, avtomatlashtirish" nominatsiyasi bo’yicha:
1-o’rin Gurlan tumani 1-son maktabi o’quvchisi Saparboyev Bobur;
2-o’rin Urganch shahri 10-son maktabi o’quvchisi Ravshanbekov Ulug’bek;
3-o’rin Urganch shahri 18-son maktabi o’quvchisi Ismoilov Mirkamol.

"Kichik mexanizatsiya va qishloq xo'jaligi texnikasi" nominatsiyasi bo’yicha:
1-o’rin Xorazm viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’quvchisi Jumaniyozov Akbar;
2-o’rin Xonqa tumani 3-son kasb-hunar maktabi o’quvchisi Ataxanov Diyorbek;
3-o’rin Urganch shahri 6-son maktabi o’quvchisi Jasurbekov Javoxir.

G’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar universitet tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.