“JISMONIY MADANIYAT SOHASIDA TA’LIM VA O’QITISH SIFATINI TAKOMILLASHTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI XALQARO ANJUMANNING BIRINCHI KUNI BO’LIB O’TMOQDA

Bugun Urganch davlat universitetida Sport va san’at fakulteti tashabbusi bilan “Jismoniy madaniyat sohasida ta’lim va o’qitish sifatini takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazilmoqda.

Anjumanning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ishtirok etib, ochib berdi va konferensiya faoliyatiga omad tiladi. Shuningdek, mazkur xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan xorijlik olimlarga universitetning esdalik sovgʻalarini taqdim qildi.

Anjumanda xorijning Moskva FDBM «Sport mashg‘ulotlari markazi», Kyoln nemis sport universiteti hamda Psixologiya instituti, Ukraina Milliy Jismoniy tarbiya va sport universitetlaridan olimlar, Respublikamizning OʻzDJTvaSU va UrDPI kabi oliygohlaridan olimlar hamda Urganch davlat universitetining Sport va san’at fakulteti professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. 

Konferensiyada oliy ta’lim tizimida jismoniy madaniyat ta’limi, o‘qitish sifatini takomillashtirishning zamonaviy innovatsion texnologiyalari va o‘qitish metodlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasi samaradorligini oshirishda fiziologik, pedagogik-psixologik yondashuvlar va fanlararo integratsiyalashuv masalalari xususida atroflicha ma’ruzalar qilindi. 

Kunning ikkinchi yarimida konferensiya ishtirokchilari o’z ma’ruzalarini Sport va san’at fakultetida sho’ba yig’ilishlarida davom ettirmoqda.