Yozgi turizm maktabi ochilishi boʻlib oʻtdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-10-iyun kunlari Urganch davlat universiteti tomonidan hamkor oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yozgi turizm maktabi tashkil etilmoqda. Unda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti hamda Xitoyning hamkor Gansu qishloq xo‘jaligi universitetidan 20 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etishmoqda. 

Bugun yozgi turizm maktabning ochilishiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev bu kabi yozgi maktablarning har yili anʼanaviy tarzda tashkil etilishi, uning O’zbekiston-Xitoy o’rtasidagi do’stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilganligini ta’kidlab, loyiha doirasida ishtirokchilarning universitetning salohiyati, qolaversa, tariximiz, madaniyatimiz, turistik hududlarimiz hamda diqqatga sazovor maskanlarimiz bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjudligini qayd etdi. 
                               
Shundan soʻng, yozgi maktab qatnashchilari reja boʻyicha Oʻzbekiston tarixi yuzasidan maʼruzada ishtirok etishdi.