Xabaringiz bor, Urganch davlat universitetida 2023/2024-o'quv yili universitet bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya sinovlari grafik asosida bo’lib o’tmoqda.
Jadvalga asosan bugun, 6-iyun kuni Fizika-matematika fakulteti Fizika yo'nalishi bitiruvchi talabalari hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Iqtisodiyot (sirtqi), Mehmonxona (sirtqi), Turizm (sirtqi) hamda Tarix (sirtqi) yo'nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida ishtirok etishmoqda.
Bugungi imtixon jarayonlari oldidan universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shixova hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayevlar ishtirok etib, attestatsiya jarayonlarini sifatli, adolatli, ko'chirmachiliklarsiz va shaffof o'tishligi uchun attestatsiya jarayonlarida qatnashayotgan bitiruvchi talabalar bilan tushuntirish ishlari olib borishdi.
Shuningdek, uchrashuvda ta'magirlik, akademik korrupsiya, tanish-bilishchilik holatlarini oldini olish va ularni vaqtida bartaraf etish borasida tavsiyalar berildi.
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: cam.urdu.uz