Bugun, 15-iyun kuni Urganch davlat universitetida O’zbek filologiyasi fakulteti tomonidan taniqli shoir va jurnalist Oʻtkir Rahmat tavalludining 76 yilligi munosabati bilan shoir hayoti va ijod yoʻliga bagʻishlangan adabiy kecha tashkil etildi.
Oʻtkir Rahmat 1948-yil 15-martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlogʻida tugʻilgan. U taniqli shoir, mohir publisist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, ayni paytda "Xalq soʻzi” va "Народное слово” gazetalarining bosh muharriri sanaladi.
Badiiy kechada fakultet Amaliy filologiya ta'lim yo'nalishi 231-guruh talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan Oʻtkir Rahmat hayoti va ijod yo'li haqida yoritilgan taqdimot, shoirning talabalar tomonidan ifodali o'qilgan she'rlari, go'zal raqslar namoyish etildi. Adabiy kecha davomida talabalar shoir O'tkir Rahmat ijodi bilan yana bir karra yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishdi. Ayniqsa, "Sinov" dostoni asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.
Tadbir yakunida shoir ijodi yuzasidan viktorina savollari tashkil etilib, unda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar turli sovg’alar bilan taqdirlandi.