Kimyoviy texnologiyalar fakultetida media-tur tashkil etildi

Bugun, 22-iyun kuni Urganch davlat universitetidagi amaliyotga tadbiq qilinayotgan ilmiy-innovatsion loyihalar bilan media sohasi vakillarini tanishtirish maqsadida Kimyoviy texnologiyalar fakultetida media-tur tashkil etildi. 

Unda media tur ishtirokchilari fakultetning ilmiy-innovatsion sohadagi ishlanmalari va  ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan loyihalari koʻrgazmasini borib ko‘rishdi. Ko‘rgazmada fakultet olimlari, doktorant va magistrlari tomonidan yaratilgan 20 turdan ortiq ilmiy ishlanma va ixtirolar o‘rin olgan.

“Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi mudiri Shahlo Aitova tomonidan fakultet olimlarining ilmiy ishlanma va ixtirolar yaqindan tanishtirildi. Hozirda ishlab chiqarishga tayyor mahsulotlar haqida maʼlumotlar berildi. Mediaga qiziquvchan yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.