Rektor qurilishlarda boʻldi

Bugun, 26-iyun kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev prorektorlar hamrohligida oliygohda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarning borishini koʻzdan kechirdi.

Dastlab asosiy hududida barpo etilayotgan yangi kutubxonaning qurilish ishlarini borib ko‘rdi.  Rektor talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy tipda qad roslayotgan ushbu kutubxona binosining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, quruvchilar bilan muloqot qilib, qoʻshimcha topshiriq va tavsiyalar berdi. Qurilish ishlari oʻz muddatida yakunlanishi lozimligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, qurilishi tugallanayotgan sport maydonlariga qoʻyilgan sport jihozlarining oʻrnatilishini ham borib koʻrdi. Universitet hududida 6 ta sport turiga moʻljallab bunyod etilayotgan ushbu sport maydonchalari talabalarni sportga keng jalb qilish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida qurilmoqda.  Sport kompleksi 1 ta basketbol, 1 ta voleybol, 2 ta badminton, 1 ta gimnastika hamda 1 ta gandbol maydonlarini oʻz ichiga oladi.