Ayni paytda Turkiya davlatida xizmat safarida boʻlib turgan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev tashrif doirasda Turkiyaning koʻplab oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish hamda mavjud aloqalarni mustahkamlashga erishmoqda.
5-iyul kuni rektorning navbatdagi tashrifi Nejmettin Erbakan univeristetiga boʻldi. Ushbu nufuzli universitet bilan 2023-yil noyabr oyida koʻp qirrali memorandum imzolangan. Tashrifdan maqsad mavjud aloqalarni yanada rivojlantirishni belgilaydi.
Universitetimiz yetakchilarini Nejmettin Erbakan univeristeti rektori Prof. Dr. Cem Zorlu iliq kutib oldi va universitet vakillari oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida har ikkala oliy taʼlim dargohlarining bugungi kundagi faoliyati, erishilayotgan yutuq va marralari haqida soʻz bordi. Urganch davlat universitetining Turkiya OTM lari bilan aloqalari atroflicha eʼtirof etildi.
Shundan soʻng, universitetlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, xususan, hamkorlikda simpoziumlar tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvini amalga oshirish, birgalikda ilmiy maqolalar chop etish boʻyicha oʻzaro manfaatli takliflar ilgari surildi. Ushbu rejalarni 2024-2025 oʻquv yilida amalga oshirish maqsadida rektorlar tomonidan kelishuv imzolandi.
Tashrif yakunida rektor B.Abdullayev Nejmettin Erbakan univeristetining oʻquv binolari bilan tanishdi.