UrDU Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi B.Abdullayeva hamda A.Popovalar joriy o'quv yili davomida o'tkazilishi belgilangan tadbirlar rejasi doirasida 5-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan "O'qituvchi va murabbiylar kuni" ga bag'ishlangan davra suhbati tashkil qildilar.Unda yurtimizda o'qituvchilarimizga yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'z bordi. An'anaga aylangan "Ustoz-shogird" to'garaklari haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari lozimligi aytildi.