2020- yil 18- yanvar kuni UrDU madaniyat saroyida Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari o‘rtasida "Fakultetimiz mard o‘g‘lonlari" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ikkita jamoa -"Temurbek izdoshlari" va "Yaxshi kayfiyat" jamoalari bellashdilar. Bellashuv 4 shartdan iborat bo‘ldi. Tanlovda g‘olib jamoalar dekanat tomonidan diplom va faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
UrDU matbuot xizmati.