Ayni shu kunlarda Urganch davlat universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari Toshkent texnika universiteti qoshidagi O'zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi bilan yaqindan tanishish, muhandislik sohalarida professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ilmiy stajirovka o'tashmoqda.