Joriy yilning 21-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rahbariyati va Janubiy Afrikaning Limpopo universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv o'tkazilib, unda rektor v.v.b. S.Xodjaniyazov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyazov, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti dekani J.Ro‘zimovlar ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda universitet vakillari kelgusida hamkorlikda matematika, kompyuter ilmlari, iqtisodiyot, menejment, yurisprudensiya, tarix, lingvistika va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchi va talabalar mobillik dasturlarini amalga oshirish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilmiy konferensiyalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Muzokaralar natijasi o‘laroq, yuqorida keltirilgan hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida universitetlar o‘rtasida Anglashinuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.