"Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA) -Markaziy Osiyoda ingliz tilini oʼqitishni rivojlantirish” loyihasi doirasidagi seminar qizg‘in davom etmoqda.Seminar davomida xorijlik va universitet mutaxassislari tajriba almashmoqda, o‘qituvchilar amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ushbu loyiha mintaqada ingliz tilini o‘qitishni yangi bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.