Talabalarning ijara xonadonlaridagi  xavfsizligini  ta’minlashga  qaratilgan yig‘ilish oʻtkazildi

Bugun, 21-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tyutorlari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari hamda tegishliligi boʻyicha boʻlim boshliqlari uchun qish mavsumida ijara xonadonlarini xavfsizligini taʻminlashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.  

Unda universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari E.Ernazarov hamda profilaktika inspektori D.Sapayevlar tomonidan talabalarning ijara xonadonlaridagi holatni muntazam  ravishda o‘rganib borish, uchrashi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarni oldini olish masalasi atroflicha muhokama etildi. 

Yig‘ilishda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda talabalarning ijara xonadonlarini borib o‘rganish, xonadonlarga tashrif davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar, elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanishning zararli oqibatlari boʻyicha har biri talaba bilan alohida suhbatlashib, kerakli tavsiyalar hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan tushuntirishlar berilishi lozimligi qayd etildi.