UrDUda  “1st RISMUz School & Knowledge Transfer Workshop” o’z ish faoliyatini boshladi

Bugun, 24-fevral kuni  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “RISMUz” loyihasining Berlindagi eng yaxshi tajribalar bo‘yicha seminaridan keyingi ikkinchi yirik tadbiri “1st RISMUz School & Knowledge Transfer Workshop” o‘z ishini boshladi. 

Ushbu loyiha Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabalari hamda tegishli shaharsozlik institutlari vakillari ishtirokida o’tkazilmoqda. 

Aytish joizki, mazkur loyiha doirasidagi seminarlarda ishtirok etish uchun  ZTG, TU Berlin "Mobillik va kosmik" tadqiqot bo'limi rahbari Dr.-Ing. Wulf-Holger Arndt oliygohga tashrif buyurgan. 

Seminarning ochilish marosimida UrDU rektori v.v.b Sardor Xodjaniyazov onlayn ishtirok qilib, seminar faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Zafarbek Ibragimov hamda Dr.-Ing. Wulf-Holger Arndt nutq qilib, loyihaning bugungi kundagi ahamiyati to’g’risda atroflicha so’z yuritishdi. 

Seminar doirasida harakatlanish infratuzilmasi, jamoat transporti, avtoturargohlar siyosati, faol rejimlar, yo‘l harakati xavfsizligi va mahallalarni rejalashtirish bo‘yicha ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi. 

Ma’lumot o’rnida, mazkur loyiha 24-fevral 1-mart kunlariga mo’ljallangan bo’lib, loyihaning tajriba hududi bo'lgan Urganch shahridagi "Nurli hayot" mahallasida ham seminar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.