Bugun, 27-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi.
Tanlovda universitetning yosh iqtidor egalari ikki bosqich asosida bellashdilar.
1-shart - "Agar men yoshlar fanlar akademiyasining prezidenti bo'lsam", 2-shart nutqiy mahoratni oshiruvchi savollar hisoblanib, ushbu shartlarni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratildi.
Har bir notiq o‘zining mahoratini, ta’sirchan nutqini va auditoriyani jalb qilish qobiliyatini namoyish etdi. Ular belgilangan mavzularda nutq so‘zlab, mantiqiy fikrlab, aniq dalillar keltirishdi.
Natijalar quyidagicha bo'ldi:
1-o'rin: Rahimova Dilrabo 211-o'zbek tili guruhi talabasi (4,5 mln pul yutug'i);
2-o'rin: Rahmonova Lolagul 211-rus tili guruhi talabasi;
3-o'rin: Ro'zmetova Zahro 222-o'zbek tili guruhi talabasi.
Ko'rik-tanlov yakunida Filologiya va san'at fakulteti dekani, professor D.G'ayipov hamda fakultet professor-o'qituvchilari tanlov g'oliblarini va faol ishtirokchilarni munosib taqdirladi.
Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida notiqlik san’atini rivojlantirish, ularda sahna madaniyatini shakllantirish hamda o‘z fikrini ravon va asosli ifodalash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.