28-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Dastlab Kengash raisi tomonidan anʼanaga muvofiq, oliygoh jamoasining yutuqlari eʼtirof etildi. Xususan, oliygohning DSc (fan doktori) va PhD (falsafa doktori) ilmiy darajalariga, shuningdek, OAK dotsenti ilmiy unvoniga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarga diplomlari topshirilib, ustozlarning keyingi ilmiy faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi.
Shuningdek, Turkiya davlatining Istanbul shahrida o'tkazilgan “Yil ayoli” tanlovida munosib ishtirok etib, "Ilm-fan yo'nalishi bo'yicha eng faol yil ayoli" nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan “Tarix” kafedrasi dotsenti Sh.Nurullayevaga stauetka topshirildi.
Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisida 2024/2025-o'quv yilida 17 nafar talaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyasi sovrindorlariga guvohnomlari topshirildi. Bundan tashqari, joriy yilda 8 nafar talaba “Rektor stipendiyasi”, universiteti tasarrufidagi O'rta maxsus va professional ta'lim muassasasining 2 nafar o'quvchisi “Rektor stipendiyasi” hamda Muxtor Saidov nomidagi stipendiyaga sazovor bo'lgan 1 nafar talaba guvohnomlari topshirildi.
Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar ko'rib chiqildi. Shuningdek, Urganch davlat universitetida manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixovaning ma’lumoti tinglandi.
Shuningdek, har xil masalalar va saylovlar Kengash kun tartibidan joy oldi.