Bugun, 6-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Ma’rifat” mahallasi bilan hamkorlikda “Mahalla – milliy qadriyatlar beshigi!” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. Tabirda “Ma’rifat” mahallasining bir guruh faollari hamda oliygoh talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev kirish so’z bilan tabirni ochib berib, bugungi kunda yoshlar tarbiyasida mahallaning o’rni va ular bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida so’z yuritdi. Tadbirda so’zga chiqqanlar sharqqa xos madaniyatni o‘zida jamlagan mahallalar nufuzini oshirish, mahalla orqali yurtimiz rivoji uchun xizmat qilish muhim vazifa ekanini ta’kidlashdi.
Badiiy kechada universitetning har bir fakultetidan talaba-yoshlar milliy an’analarimizni o’zida aks ettirgan urf-odat va marosimlarga doir sahna ko’rinishlari namoyish etishdi. Tashkil etilgan musiqiy chiqishlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.