Urganch davlat universiteti madaniyat saroyida “Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish va iste’molchi huquqi asoslari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Urganch davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Abdukarimov, bo‘lim boshlig‘i N.Jumaniyozov ishtirok etdi.
