Bugun, 19-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Filologiya va san'at fakulteti tashabbusi bilan o'tkazib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining  "21-mart — Navro'z umumxalq bayrami kuni" ga bag'ishlangan bayram soni boʻlib oʻtdi.

 Ushbu ko‘rik-tanlovda talabalar 2 shart asosida o'zaro kuch sinashib, oʻz mahoratlarini namoyish qildilar. Birinchi shartda ishtirokchilar o'zi haqidagi ma’lumotlarni she’riy va nasriy yo'l orqali bayon qilgan bo'lsalar, ikkinchi shartda avvaldan ishtirokchilarga ma'lum qilinmagan nutqiy mahoratni oshiruvchi savollarga javob berib, o'zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon qildilar.

Hakamlar hayʼatining xulosasiga koʻra:
1-o'rin: Polvonnazirova Mahbuba
(Filologiya va san'at fakulteti talabasi) hamda Madaminov Azizbek (Xorijiy filologiya fakulteti talabasi);
2-o'rin: Rustamova Dilnura (Filologiya va san'at fakulteti talabasi);
3-o'rin: Odamova Mahliyo (Filologiya va san'at fakulteti talabasi).

Tanlov davomida Filologiya va san'at fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan uyushtirilgan sahna ko'rinishlari, ajoyib va takrorlanmas milliy qo'shiqlarga ijro etilgan raqslar, jonli ijrolar tadbirga alohida fayz bag'ishladi. Talabalarning fakultet ramziy ifodasi bayrog'ini ko'tarib ijro etgan kuy va ashulalari alohida e'tirofga sazovor bo'ldi.

 Ko'rik-tanlov yakunida Filologiya va san'at fakulteti dekani, professor D.G'ayipov tanlov g'oliblarini va boshqa ishtirokchilarni ham taqdirlab, "Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan barchani muborakbod etdi.