26-mart kuni Germaniyaning "Thermo lignum" tashkiloti mutaxassislari prof.Bernhard Schachenhofer hamda prof.Claudia Christina Hennrich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif asnosida mehmonlar bilan oliygoh rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyazov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘ayrat O‘razboyevlarning rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Rasmiy uchrashuvda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muzokaralar olib borildi hamda ikki ta’lim muassasasining imkoniyatlari, ilmiy salohiyati, sharoitlari haqida ma’lumotlar almashilib, kelgusida ikkala tomon uchun ham samarali bo’lishi kutilayotgan rejalar muhokama etildi.
Shundan so’ng, germaniyalik professorlar ishtirokida "We save your art object" mavzusida taqdimot seminari bo’lib o’tdi. Unda Arxitektura, Dizayn, Qurilish, Biologiya hamda Tuproqshunoslik yo’nalishlarida tahsil olayotgan izlanuvchi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminarda tarixiy obidalar, san'at asarlari, yodgorliklarni asrash lozimligi boisi, ular yagona nusxada, ularni asrash – kelajak avlod uchun qilingan eng yaxshi madaniy xotira hisoblanishi ta’kidlandi.